USSD orqali ulanish

Ro'yxatdan o'tishni amalga oshirish uchun jismoniy shaxs Uzcard EMV kartasi xizmat ko'rsatadigan bank yoki infokiosk orqali SMS-xabarnoma xizmatiga ulangan bo'lishi lozim.

Menyuni chaqirish uchun *850# ni tering.

Menyuda sizga qulay bo'lgan tilni tanlang va yuboring.

So'ng 16 xonali bank karta raqamingizni kiritib, yuboring.

So'ng 4 xonali karta amal qilish muddatini (хх – birinchi yil va хх – ikkinchi oy) kiritib, yuboring.

Karta ro'yxatdan o'tdi. Tizimdan foydalanish uchun parol SMS xabar bo'lib sizning SMS-xabarnoma ulangan uyali telefon raqamingizga yuboriladi. Parol va loginni yodda tutish zarur, ular USSD, 1400 qisqa SMS-xabar raqami orqali to'lovlarni amalga oshirish va www.u-pay.uz saytida shaxsiy kabinetga kirish uchun kerak bo'ladi.

Яндекс.Метрика