UPAYga ulanish

"U-PAY" bilan hamkorlik afzalliklari:

1. Sizning xizmatlar va mahsulotlaringiz uchun qulay to‘lov usuli. To‘lov qabul qilishning turli shakllari (mobil ilova, web-interfeysi, USSD-so‘rovlar);
2. Tizim integratsiyasi va amalga oshirilayotgan operatsiyalarda malakali mutaxassislar yordami;
3. Kelib tushgan mablag‘larda to‘laqonli hisob tizimi, hamkorlar uchun har qanday vaqtda xizmat ko‘rsatish;
4. Foydalanuvchilardan olingan barcha mablag‘lar bank hisobida saqlanadi va ularning xavfsizligi bank tomonidan kafolatlanadi.

Hamkorlik uchun yanada batafsil ma’lumot olishda +998(71) 150-60-06 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling, agarda Siz hamkorlikning barcha shartlariga rozi bo‘lsangiz, elektron pochta manzili orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etishingiz kerak: support@u-pay.uz

- To‘ldirilgan va imzolangan shartnoma;
- To‘ldirilgan anketa;
- Biznesni ro‘yxatga olinganlik guvohnomasi (Guvohnoma);
- Kompaniya Nizomi;
- Kompaniya direktorining pasporti;
- Bosh hisobchining pasporti;
- Foaliyat yuritish uchun lizentsiya (agar talab qilinsa);

Biznesni rivojlantirish va kengaytirishda bizning mutaxassislarimiz Siz bilan hamkorlik shartlarini batafsil muhokama qilish uchun qisqa muddatda bog‘lanadilar.